Asosiy mazmunga o'tish
Konsavdo

Foydalanish shartlari

"KONSAVDO PLATFORM" MChJ · Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani

1. Umumiy qoidalar

Ushbu shartlar "KONSAVDO PLATFORM" MChJ (keyingi o'rinlarda — Platforma) va Konsavdo xizmatidan foydalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Platforma kon mahsulotlari sotuvchilari (yer qa'ridan foydalanuvchilar) va xaridorlarni bog'lovchi axborot xizmatini ko'rsatadi. Oldi-sotdi shartnomasi to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi va xaridor o'rtasida tuziladi.

2. Sotuvchilarga talablar

Sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo'lishi, amaldagi yer qa'ridan foydalanish litsenziyasiga ega bo'lishi shart.

Har bir mahsulot litsenziyada ruxsat etilgan foydali qazilma turiga mos bo'lishi kerak. Litsenziya muddati tugashi, to'xtatilishi yoki bekor qilinishi bilan tegishli takliflar avtomatik yopiladi.

Sotuvchi e'lon qilingan sifat ko'rsatkichlari (fraksiya, marka, standart) uchun javobgardir.

3. Buyurtma va shartnoma

Buyurtma sotuvchi tomonidan qabul qilingach, tizim tomonlarning rekvizitlari asosida oldi-sotdi shartnomasini shakllantiradi.

Shartnoma har ikki tomon tomonidan elektron tasdiqlangandan so'ng kuchga kiradi. Imzo vaqti va IP manzil qayd etiladi.

Imzolangan shartnoma bo'yicha hajm sotuvchi zaxirasidan band qilinadi.

4. To'lov va yetkazib berish

To'lov shartnomada ko'rsatilgan muddatda sotuvchining hisob raqamiga amalga oshiriladi. Tushumni sotuvchi platformada tasdiqlaydi.

Har bir reys yuk xati raqami, avtomobil va haydovchi ma'lumotlari bilan qayd etiladi; xaridor qabulni tasdiqlaydi.

5. Komissiya

Xaridorlar uchun xizmat bepul. Sotuvchidan bajarilgan shartnoma mahsulot summasining 2% miqdorida xizmat haqi undiriladi.

6. Maxfiylik

Tomonlarning aloqa ma'lumotlari va aniq manzillari shartnoma imzolangandan keyingina bir-biriga ochiladi. Shaxsiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

7. Nizolar

Nizolar muzokaralar yo'li bilan, kelishuvga erishilmaganda esa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.